Korxona funktsiyalari va vazifalari

- Amaldagi qonun xujjatlari va korxonaning Nizomi (Ustavi) asosida korxona faoliyatining barcha sohalariga rahbarlik qiladi.
- Asosiy faoliyat va pudrat ishlarining samarali ishlashini tashkil etadi, ularning faoliyatini yuksak rivojlanish sur'atlariga erishishga va ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘naltiradi.
- Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq masalalarni yakka hal qiladi va uni uzluksizligini ta'minlash maqsadida asbob-uskuna, zarur xom-ashyo, extiyot qismlar va yoqilg‘i moylash vositalari va boshqa vositalar bilan ta'minlaydi.
- Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida korxonani rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi, bajariladigan ishlarning sifatini yaxshilashni tashkil qiladi.
- Korxonaning hisob-varag‘idagi pul mablag‘larining harakati va moliyaviy operatsiyalar ustidan nazorat qiladi.
- Korxona iqtisodiy xizmatlari va bo‘limlari faoliyatini ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish hisobiga tovar-mahsulot uchun bo‘ladigan moddiy, mehnat va pul sarflarini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi.
- Bajariladigan ishlar sifatini oshirish tadbirlarining ishlab chiqilishi va o‘tkazilishini nazorat qiladi.
- Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, ishlab chiqarishni boshqarishning bozor munosabatlarida korxona barcha bo‘g‘inlarining samarali ishlashiga qaratilgan oqilona shakllari va usullarini joriy qiladi.
- Korxonani malakali kadrlar bilan ta'minlash, xodimlarning bilim va tajribasidan unumli foydalanish, ularning lavozim sohasida o‘sishi, ta'lim olishi, o‘z g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyat yaratish chora-tadbirlarini ko‘radi.
- O‘zbekiston Respublikasining Soliq va Mehnat kodekslariga, shuningdek yuqorida tashkilotlarning korxona faoliyati masalalariga oid qarorlariga rioya etilishini ta'minlaydi.
- Korxona xodimlarini shaxsiy masalalar yuzasidan qabul qiladi, ularning iqtisodiy-ijtimoiy masalalarini hal etadi.
- Rahbarlikning iqtisodiy va ma'muriy usullari, ishlab chiqarish masalalarini, shuningdek uning samaradorligini oshirish sohasidagi moddiy va ma'naviy omillarini muhokama qilish va hal etishda yakkaboshchilik va kollegiallik usullarini qo‘shib olib borilishini, shuningdek har bir xodimning topshirilgan ish uchun va jamoa ishining natijalari uchun bo‘lgan mas'uliyatini oshirilishini ta'minlaydi.
- O‘ziga berilgan huquq doirasida barcha masalalarni hal qiladi hamda ayrim ishlab chiqarish-xo‘jalik vazifalarini bajarishni qo‘l ostidagi mansabdor, moddiy javobgar shaxslarga – bosh muxandis, bosh hisobchi va bo‘lim boshliqlariga topshiradi.
- Korxonada O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etilishini ta'minlaydi.
- Korxona direktori ushbu lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan va direktor lavozimi majburiyatlariga kiruvchi vazifalarini korxona Nizomi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bajarishga mas'uldir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.