Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Faoliyat » Faoliyat

Faoliyat

1-11-2021, 09:01
391
          Korxonaning asosiy maqsadi :Biriktirilgan avtomobil yo‘llarida yil davomida, kechayu-kunduz,uzluksiz yo‘llardan foydalanish xizmatini tashkil etib,transportda yuk tashish sarf xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirilgan xolda yo‘ldan foydalanuvchilarning transportda tashish extiyojlarini qondirish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini soz xolda saqlashni ta'minlash, uni butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish xisoblanadi.
     Korxonaning asosiy vazifalari quyidagilar: biriktirilgan avtomobil yo‘llarini O‘zbekiston Respublikasi " Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi qonunida belgilangan tartibda saqlash va foydalanishni tashkil etish va bevosita mazkur qonun asosida biriktirilgan avtomobil yo‘llarida  yagona yo‘l texnika siyosatini amalga oshirish;
    Korxonaga biriktirilgan avtomobil yo‘llari va undagi ko‘prikriklarga kompleks xizmat ko‘rsatish va ularni tegishli texnik xolatda saqlash xamda o‘tkazish qobilyatini oshirib borish;
    Biriktirilgan avtomobil yo‘llarida uzluksiz va xavf-xatarsiz transport qatnovini ta'minlash uchun muntazam yo‘l xizmatini tashkil etish va mazkur yo‘llarning transport oqimiga xizmat ko‘rsatish darajasini mutassil oshirib borish;
    Biriktirilgan avtomobil yo‘llari tarmog‘ini saqlash va ta'mirlash bo‘yicha rejalarni tayyorlash va uni shartnoma asosida sifatli qilib bajarish  ;
    Yo‘l xo‘jaligi korxonalari va boshqa korxonalarni shartnoma asosida biriktirilgan avtomobil yo‘llari va uning bo‘laklarida asrash va yo‘l xizmati ko‘rsatish bo‘yicha yordamchi pudratchilarni jalb etish;
    Biriktirilgan avtomobil yo‘llari tarmog‘i texnik xolatini,yo‘l ishlarining sifati va ishlab -chiqarish texnologiyasiga rioya qilinishini muntazam nazorat qilish;
   Biriktirilgan avtomobil yo‘llarini saqlash va ta'mirlash ishlarini ekologiya me'yorlari va estetika talablarini xisobga olgan xolda bajarish;
   Biriktirilgan avtomobil yo‘llari tarmog‘ining xisobini olib borish,  yo‘lning texnik xolati,xarakat jadalligi,xarakat xavfsizligi to‘g‘risida ishonchli bankini tuzish;
    Biriktirilgan avtomobil yo‘llarini ta'mirlash va saqlash ishlarini sifatli qilib bajarish xamda boshqarma bilan kelishilgan xolda boshqa korxonalar, muassasalarga pudrat shartnomalari asosida ishlar bajarish kabi vazifalarni bajaradi.
    Litsenziya yoki maxsus ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlari, o‘rnatilgan tartibda litsenziya yoki maxsus ruxsat olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
  
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.