Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » Ko‘priklarning temir-beton panjaralarini bo‘yash ishlari olib borildi

Ko‘priklarning temir-beton panjaralarini bo‘yash ishlari olib borildi

13-03-2026, 11:55
81
Ko‘priklarning temir-beton panjaralarini bo‘yash ishlari olib borildi

Bog‘ot tumanidan o‘tuvchi D213 “Urganch sh. – Xonqa sh. – Hazorasp sh. – Amudaryo daryosi – A380” avtomobil yo‘lining 26–27-kilometrlarida joylashgan ko‘priklarda temir-beton panjaralarini bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar doirasida ko‘priklarning temir-beton konstruksiyalari va himoya panjaralari maxsus bo‘yoqlar bilan qoplandi. Bu ishlar inshootlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, ularni ob-havo ta’siridan himoya qilish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bunday profilaktik ishlarga muntazam e’tibor qaratilishi ko‘priklarning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi hamda avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratadi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.