RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil mart oyida https://www.instagram.com/p/DVpvjujDPNW/ internet ijtimoiy tarmoqlari orqali Xorazm viloyatidagi "Xonqa Olaja qishlog‘i va Yangiariq tumanini bog‘lovchi ko‘prik achinarli ahvolda ekanligi” mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan, Bosh boshqarma, Yangiriq va Xonqa tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganishda, murojaatda ko‘rsatilgan ko‘prik Xonqa va Yangiariq tumanlarini bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 90V038 D213 avtomobil yo‘li (43 km.dan) “Sabirzan q. - Olaja q.” avtomobil yo‘lining 3 km qismidagi, uzunligi 18 pm bo‘lgan va 3,1 km qismidagi, uzunligi 24 pm bo‘lgan 1980 -1983 yillardan yillarda qurilgan ko‘priklar ekanligi hamda qurilganligiga 40 yildan oshganligi sababli eskirib, ko‘prikning plitlari singanligi aniqlandi.
Hozirgi kunda pudratchi korxona Yangiariq tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ko‘prikni davlat dasturlariga kiritib qayta qurish ishlari boshlanguniga qadar xarakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikning bir qismi temir beton bilan to‘sib qo‘yilib, ko‘prikning ikkinchi qismida esa xavfsiz harakatlanish ta’minlangan.
Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan yana bir ko‘prik Yangiariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Gulobod qishlog‘i “Soburzon” mahallasi ichki yo‘lida joylashgan 1982 yilda qurilgan uzunligi 24 pm bo‘lgan “Kuriktom” kanali ko‘prigi ekanligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tuman (shahar)larining Obodonlashtirish boshqarmalarida shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari hamda ichki xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, ularda joylashgan ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni (keyingi o‘rinlarda — ichki yo‘llar) soz holatda saqlash maqsadida “Ichki yo‘llarni saqlash va joriy taʼmirlash uchastkalari” tashkil etilgan bo‘lib, bunda uchastkalarni vazifasi qilib ichki xo‘jalik yo‘llarida eskirgan qoplamani qisman qoplash, elementlarining barcha buzilishlari, shikastlanishlari va nuqsonlarini bartaraf etish, yo‘l hamda yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarining oldini olish, tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish, saqlash va joriy taʼmirlash bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. Shunga asosan ushbu murojaat Yangiariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan o‘rganilib chiqilishi maqsadga muvofiq ekanligini maʼlum qilamiz.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
RASMIY_MUNOSABAT20-04-2026, 18:12
Xorazm viloyatida ko‘prik inshootlari texnik holati o‘rganilmoqda9-04-2026, 11:06
Payshanba — Yoshlar kuni: yo‘l tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot12-03-2026, 20:55
Markaziy sinov laboratoriyasi Xorazm viloyati hududiy filiali.12-03-2026, 08:06
Iqtisodiyot va buxg'alteriya xisobi sho'basi boshlig'i- bosh xisobchi v.b - Janibekov Og'abek Davronbekovich1-11-2024, 14:28











