Ishonch telefoni

RASMIY_MUNOSABAT

20-04-2026, 18:12
172
2026-yil aprel oyida https://www.instagram.com/reel/DXWZeVhiJSr/?igsh=MWQxOXNuczMya3E3ZQ== internet ijtimoiy tarmoqlari orqali “Urganch tumanidagi yo’l muammosi” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan, Bosh boshqarma va Urganch tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi. Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l Urganch tuman Yo‘llardan foydalanish  korxonasi davlat muassasasi tasarrufidagi umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 90V012 “Urganch sh. – Chotko’pir q. – Shovot sh.” avtomobil yo‘li ekanligi aniqlandi.  Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga asosan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 188 km avtomobil yo‘llarini to‘la ta’mirlash loyihasi dasturi bo‘yicha, umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatiga ega 90V012 “Urganch sh. – Chotko’pir q. – Shovot sh.” avtomobil yoʻlining 0-31-km qismida 2025-2028-yillarda mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi belgilangan. Bugungi kunda ushbu davlat dasturi doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotini aniqlash bo‘yicha tender savdolariga e’lon berish, ushbu tashkilotlar bilan shartnoma imzolash va qurilish ishlarini boshlash rejalashtirilga. Murojaatda ko‘rsatilgan hududda ta’mirlash ishlari mazkur obekt bo‘yicha o‘tkaziladigan tender savdolarida g‘olib chiqqan pudratchi tashkilotlar tomonidan, ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlariga asosan bajarilishi belgilangan. Shuningdek, 90V012 “Urganch sh. – Chotko’pir q. – Shovot sh.” avtomobil yo‘lida avtotransport vositalarining uzluksiz va xavfsiz xarakatlanishini ta’minlash maqsadida,  tegishli korxonalar tomonidan ajratilgan limit mablag‘lari hisobidan   ta’mirlash ishlari amalga oshirib borilgan. Ammo, yo‘lning asosiy qismi va yo‘l qoplamasi hozirgi zamon talablariga javob bermasligi sababli, ushbu yo‘lda og‘ir vaznli yuk tashuvchi avtomashinalarining harakatlanishi va harakat jadalligining yuqoriligi natijasida, mazkur avtomobil yo‘li qisqa fursatlar ichida ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan.  

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.