Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Sohaga oid xabarlar » “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

9-04-2026, 08:58
68
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 24-fevral kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har payshanba kuni vazirliklar, idoralar va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi ta’kidlangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Qo‘shko‘pir tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari D. Sapaev tomonidan Qo‘shko‘pir tumanidagi “Amirqum” mahallasida joylashgan 38-son maktabda yuqori sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda yoshlar bilan bevosita suhbat olib borildi. Xususan, “Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini kengaytirish istagidagi yoshlarga ko‘mak berilishi, “Kelajak tadbirkori” dasturi asosida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, IT sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirayotgan yoshlarga grantlar ajratilishi, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi rejalari yuzasidan taklif va tashabbuslarini bildirishdi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.